“Paxtakor” klubi tabriyalanuvchisi va ushbu jamoa sharafini himoya qilib kelgan iqtidorli futbolchi Shahzod Azmiddinov endi “Andijon” futbolchisiga aylandi.
Tomonlar o'zaro kelishuvga erishishdi va futbolchi joriy mavsum oxiriga qadar “Andijon”da ijara asosida to'p suradi.
Malumot uchun, Shahzod Azmiddinov 2000 yilning 7 avgust kuni tavallud topgan. U 2020 yildan beri “Paxtakor”da faoliyat olib borgan va shu vaqtga qadar 98 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urgan va 1 ta golli pas uzatgan", - deb yozadi "Andijon" matbuot xizmati.
Championat.asia sayti bir necha kun avval Azmiddinov "Andijon"ga o'tayotgani haqida xabar bergan edi.