iks
ads

G'alabani izlab: Bakaev jamoasi uchun navbatdagi sinov Samarqandda

  • Mr.NoBoDy 13.06.2025 12:56
  • 450
  • 30

Bugundan Superliganing 12-tur uchrashuvlariga start beriladi.

Ilk to'qnashuv Samarqandda "Andijon" va "Buxoro" jamoalari o'rtasida kechadi. 

O'zaro o'yinlar

Bu jamoalarning Superliga doirasidagi 51-uchrashuvi hisoblanadi. Hozirgacha o'tkazilgan 50 bellashuvdan 21 tasida "Buxoro" g'alaba qozongan bo'lsa, 16 o'yinda "Andijon" zafar quchgan. Yana 13 uchrashuv durang bilan yakunlangan.

So'nggi yillarda ustunlik andijonliklar tomonida: oxirgi besh o'yinda to'rt g'alaba va bir durang. Bakaev jamoasi raqibini oxirgi bor 2019 yil iyun oyida mag'lub etgan.

Oxirgi 5 uchrashuv natijalari:

27.07.2019 – Andijon 2:0 Buxoro

15.06.2020 – Buxoro 2:2 Andijon

25.09.2020 – Andijon 2:1 Buxoro

23.06.2023 – Buxoro 0:1 Andijon

01.12.2023 – Andijon 1:0 Buxoro

Jamoalarning ayni paytdagi holati

"Buxoro"da barqarorlik yo'qolgan. Bakaev shogirdlari so'nggi 8 o'yinda g'alabaga erisha olmayapti. Oxirgi bor jamoa 27 mart kuni 3-turda "Xorazm"ni 4:1 hisobida mag'lub etgandi. Hozircha 8 ochko bilan 15-o'rinda borishmoqda.

"Andijon"da esa yangi bosqich boshlangan. Xomyakov davri yakunlangach, jamoa Maksim Shackix qo'li ostida qayta shakllantirilmoqda. Tanaffusdan foydalangan holda jamoa Xo'jandda yig'in o'tkazdi, bir qator legioner futbolchilar Miomir Jyurichkovich, Mirzad Mexanovich, Islam Mashukov bilan xayrlashdi. Hozirda jamoa 10-o'rinda, so'nggi turda "Surxon" ustidan qozongan g'alaba va Superkubokdagi ishonchli o'yin kayfiyatni ko'tarib turibdi.

Birinchi davra taqvimi

"Buxoro":

20.06.2025 – "Neftchi" - "Buxoro"

29.06.2025 – "Buxoro" - "Sho'rtan"

04.07.2025 – "Surxon" - "Buxoro"

"Andijon":

19.06.2025 – "Andijon" - "Qizilqum"

26.06.2025 – "Xorazm" - "Andijon"

05.07.2025 – "Andijon" - "Bunyodkor"

CODE
Match-senterda ochish

Bellashuv vaqti

Uchrashuv Samarqanddagi "Dinamo" stadionida soat 20:00 da start oladi. Qaysi jamoa o'z tarixiga yana bir zafar yozadi – bu kecha aniq bo'ladi.

Ўхшаш янгиликлар