
Muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan Akmal Shorahmedov endilikda jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy sifatida ish boshladi. Tomonlar o'zaro kelishuvga erishgach, shartnoma imzolandi.
1986 yilning 10 may kuni tavallud topgan Shorahmedov 2009 va 2010 yilgi mavsumlarda futbolchi sifatida "Andijon" sharafini munosib himoya qilgan.
Akmal murabbiylik faoliyatini 2022 yilda boshlagan. Dastlab "Lokomotiv" klubida yordamchi murabbiy, so'ngra o'sha yilning 1 iyulidan 2024 yilning 1 yanvariga qadar "Paxtakor" U-21 jamoasida ish olib bordi. Shundan so'ng murabbiy yana "Lokomotiv" klubida faoliyat ko'rsatib kelgan.
Avvalroq Akmal Shorahmedov Shackixning murabbiylar shtabiga qo'shilishi haqida xabar bergan edik.