Ulug'bek Bakaev: "Durangga mos o'yin bo'ldi"

  • Mr.NoBoDy 14.06.2025 00:32
  • 81
  • 30

Superliganing 12-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Andijon" (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Bakaev uchrashuv haqida fikr bildirdi.

"O'yinni ancha agressiyasiz boshladik. Birinchi bo'lim teng kurashlar ostida o'tdi. Ikkinchi bo'limda esa darvoza to'sinini poyladik, ammo keyin gol o'tkazib yubordik. O'zimiz ham standart vaziyatdan gol urdik. Yigitlarga harakat uchun rahmat aytaman. Durangga mos o'yin bo'ldi", - deydi Ulug'bek Bakaev.

- Dominik Begichning bugungi o'yiniga baho berib o'tsangiz...

- U bugun ancha faol bo'ldi. Himoyachilar ortiga ochilishga harakat qildi. U jarohatdan so'ng maydonga qaytdi va yaxshi taassurot qoldirdi.

- Shirinboy Abdullaev so'nggi o'yinlarda ko'p gollar o'tkazib yuborayotgan edi, ammo u bugun bir nechta vaziyatlarda jamoani qutqardi. Darvozabonning o'yini haqida qanday fikrdasiz?

- Darvozabonning vazifasi shu. U biroz ruhiy tushkunlikka tushib qolgan edi. Biz unga biroz dam bergandik, sababi sportda bunday holatlar uchrab turadi.

- Shahboz Jo'rabekov ketma-ket uchta o'yindan buyon gol urib kelmoqda..

- Biz uning poziciyasini biroz o'zgartirdik. Avvallari u o'ng qanot himoyachisi sifatida o'ynayotgan edi, hozir esa biz uni teparoqqa, yani vinger poziciyasiga olib chiqdik. U yaxshi dribling va kuchli zarbaga ega. Zarbalari aniq bo'layotgani uchun, unga ko'proq zarba berishni ko'rsatma berdim.

- Jo'rabekovning goli mahorat evaziga kiritildimi yoki omad?

- To'pga darvoza ichiga yo'llay olgani mahoratdan dalolat.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar