Yana bir Niderlandiya terma jamoasining sobiq futbolchisi 13 yilga qamalishi mumkin

  • Mr.NoBoDy 14.06.2025 10:32
  • 87
  • 30

Niderlandiyalik sobiq himoyachi Ronni Stam ikki tonnadan ortiq kokain kontrabandasi uchun 13 yil qamoqda o'tirishi mumkin, deb xabar bermoqda Omroep Brabant.

Nashrning tergov organlariga tayanib yozishicha, hozirda BAAda yashiringan Ronni va uning ukasi Raddi xalqaro narkotik savdosi bilan shug'ullangan.

40 yoshli Stam futbolchilik faoliyati davomida Gollandiyaning “NAC Breda“ va “Tvente“, Angliyaning “Uigan“ va Belgiya “Standard“ kabi klublarida to'p surgan.

2010 yilda Stam “Tvente“ tarkibida Gollandiya chempioni bo'ldi. 2012/2013 yilgi mavsumda “Uigan“ tarkibida Ronni Angliya kubogini qo'lga kiritgan. Futbolchi bir necha bor Niderlandiya terma jamoasi uchun chaqiruv olgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar