Superliga. "Bunyodkor" va "Paxtakor" o'rtasidagi Toshkent derbisida kuchlar teng keldi

  • Mr.NoBoDy 14.06.2025 21:56
  • 90
  • 30

Superliganing 12-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – "Paxtakor" uchrashuvi yakunlandi.

"Bunyodkor" – "Paxtakor" 1:1

14.06.2025, 20:00

Bosh hakam: Asker Najafaliev

Yordamchi hakamlar: Akmal G'iyosov, Islom Azimov

Zaxira hakami: Aziz Jumanov

Nazoratchi: Bobur Haydarov

VAR hakami: Nikita Mustafin

AVAR hakami: Amir Galeev

Komissar: Sherzod Rajabov

Gollar: 1:0 – 24, Temirxo'ja Abduxoliqov (penalti), 1:1 – 55, Igor Sergeev (Bashar Resan)

"Bunyodkor": 1.Abdumavlon Abdujalilov, 4.Najmiddin Normurodov, 18.Narimon Ahmadjonov, 77.Muzaffar Olimjonov (22.Aziz Amonov, 88), 6.Bobur Yo'ldoshev, 15.Marko Bugarin (2.Nikoloz Mali, 81), 7.Odil Hamrobekov, 21.Nosir Abdusalomov (19.Farruh Qodirov, 88), 8.Martin Shroler (9.Imeda Ashortia, 45), 11.Temurxo'ja Abduxoliqov (74.Luis Kachorri, 46), 57.Amir To'raqulov

Zaxira: 13.Hamidullo Abdunabiev, 10.Rasul Yo'ldoshev, 66.Azizbek To'lqinbekov, 30.Sardor Abdunabiev

"Paxtakor": 12.Vladimir Nazarov, 77.Dilshod Saitov, 55.Muhammadrasul Abdumajidov, 7.Hojiakbar Alijonov, 4.Abdulla Abdullaev, 27.Sardor Sobirxo'jaev, 6.Muhammadali O'rinboev (94.Brayan Riaskos, 64), 9.Ibrohim Ibragimov (8.Diyor Xolmatov, 81), 23.Abdurauf Bo'riev, 21.Bashar Resan (17.Doston Hamdamov, 87), 11.Igor Sergeev

Zaxira: 1.Nikita Shevchenko, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 20.Dilshod Abdullaev, 30.Otabek Jo'raqo'ziev, 44.Mahmud Mahamadjonov, 50.Flamarion

Ogohlantirish: Bashar Resan (59)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


90+1. Xavfli vaziyat! O'ng qanotdan uzatilgan to'pga Riaskos bosh bilan zarba yo'lladi, ammo biroz aniqlik etishmadi.

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

88. "Bunyodkor" ikki o'zgarishga qo'l urdi.

87. "Paxtakor"da o'zgarish sodir bo'ldi.

85. Xavfli vaziyat! Sergeevning raqib jarima maydonidan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

81. Ikki jamoa tarkibida bittadan o'zgarish amalga oshirildi.

76. Bo'riev tomonidan yo'llangan zarbaga biroz aniqlik etishmadi.

74. Bo'riev va sherigi o'rtasida uzatma borasida tushunmovchilik yuzaga kelgani bois mehmonlar hujumi besamar yakunlandi. 

67. Saitov tomonidan yo'llangan zarbani Abdujalilov qaytardi, ikkinchi urinishda egallab oldi.

64. "Paxtakor"da o'zgarish amalga oshirildi.

59. Bashar Resan qo'pollik uchun ogohlantirildi.

55. GOL! Resanning chap qanotdan uzatmasini Sergeev bosh bilan "Bunyodkor" darvozasiga to'g'rilab qo'ydi!

54. Xavfli vaziyat! "Bunyodkor" futbolchilarining ketma-ket uchta zarbasini Nazarov qaytardi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. "Bunyodkor" tarkibida ikkinchi o'zgarish amalga oshirildi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

45. "Bunyodkor" tarkibida o'zgarish amalga oshirildi.

43. Xavfli vaziyat! Bashar Resanning kuchli zarbasini "Bunyodkor" darvozaboni qaytardi. 

39. Shrolerga nisbatan qo'pollik ishlatildi va unga tibbiy yordam ko'rsatildi.

36. Xavfli vaziyat! Bo'riev tomonidan yo'llangan aniq zarbani Abdujalilov qiyinchilik bilan qaytardi.

35. Dilshod Saitovning chamasi 20-25 metrlardan yo'llagan zarbasini "Bunyodkor" darvozaboni ikkinchi urinishda egallab oldi.

34. "Bunyodkor" jarima maydoni qarshisida standart vaziyat yuzaga keldi. 

30. Alijonovning sherigi bilan tushunmovchiligi natijasida mehmonlarning hujumi barbod bo'ldi.

26. Bashar Resan raqib jarima maydonida yiqildi, hakam o'yinni davom ettirishga ishora qildi. 

24. GOL! Abduxoliqov penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi! "Paxtakor" darvozaboni to'p yo'nalishini topa olmadi. 

23. "Paxtakor" darvozasiga penalti belgilandi. Abdusalomov tepgan to'p Sobirxo'jaevning qo'liga tegdi.

22. "Bunyodkor" burchak zarbasi ishlab oldi.

19. Zarba! Abduxoliqovning raqib jarima maydonida bosh bilan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi. Aksiga olib, u o'yindan tashqari holatda qolib ketgan ekan.

17. Xavfli vaziyat! Abduxoliqov raqib jarima maydoni ichida aniq zarba yo'llay olmadi. 

17. "Paxtakor" himoyachisining qaltis harakati natijasida Nazarov o'ziga yaqinlashib qolgan raqibi qarshisida qiyinchilik bilan to'pni oldinga tepib yubordi.

14. Abduxoliqov raqib futbolchisi bilan to'qnashuv oqibatida shikastlandi. Unga tibbiy yordam ko'rsatildi.

11. Mehmonlar hujum paytida Shrolerga nisbatan qo'pollik ishlatdi.

7. Alijonovga nisbatan maydon markazida fol sodir etildi.

4. Resanning pasidan so'ng raqib jarima maydoniga yaqin nuqtadan Ibragimov zarba yo'lladi, ammo noaniq ko'rinish oldi.

3. Hamrobekovning raqib jarima maydoni yaqinidan yo'llagan zarbasi ancha yuqorilab ketdi.

1. "Bunyodkor" hujumi zarba bilan yakunlandi, ammo Abduxoliqov o'yindan tashqari holatda qolgani malum bo'ldi.

1. O'yinni mehmonlar boshlab berdi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Bunyodkor" to'q binafsharang, "Paxtakor" och kulrang rangli liboslarda harakat qiladi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar