Bu haqida Calcio in Pillole nashri xabar bermoqda. Jamoaning yangi bosh murabbiyi Gasperini hujumchini o'z jamoasida ko'rmayapti va bu haqida jamoa rahbariyatiga malum qilgan.
O'tgan mavsum hujumchi A Seriyada jamoaning eng yaxshi to'purari bo'lgandi. U 32 ta uchrashuvda 12 ta gol urishga erishgan.
Eslatib o'tamiz, “Roma“ Dovbikni o'tgan yozda “Jirona“dan 30 million evroga sotib olgandi. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.