Viktor Gyokeresh APLning boshqa jamoasi sababli MYUning taklifini qabul qilmadi

  • Mr.NoBoDy 15.06.2025 09:16
  • 90
  • 30

“Sporting“ hujumchisi Viktor Gyokeresh “Manchester Yunayted“dan tushgan taklifni rad etdi va “Arsenal“ga o'tishni kutmoqda.

The Guardin xabariga ko'ra, London klubiga o'tish shveciyalik hujumchi uchun “orzudagi transfer“ bo'ladi.

27 yoshli forvard ECHLda o'ynamoqchi va shu sababli “Arsenal“ taklifini qabul qilgan. Oldinroq “Sporting“ o'zining eng yaxshi to'purari uchun 80 million evro so'rayotgani xabar qilingandi.

O'tgan mavsumda Viktor Gyokeresh klub safida barcha musobaqalarda 52 ta o'yinda ishtirok etgan. U 54 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shveciyalik futbolchining “Sporting” bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar