
Turk klubi portugaliyalikni yarim himoya chizig'ini kuchaytirishning ustuvor varianti deb hisoblamoqda. Istanbulliklar allaqachon Silvaning vakillari va "shaharliklar" bosslari bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Futbolchi uchun kurashda "Galatasaroy"ga "Barselona", PSJ va Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klublari raqobatchi bo'lishga tayyor.
Bernardu Silva o'tgan mavsum 49 ta o'yinda 5 ta gol va 4 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.