"Barselona" yulduz himoyachisini sotishi mumkin

  • Mr.NoBoDy 16.06.2025 19:32
  • 141
  • 30

"Barselona" markaziy himoyachisi Ronald Arauxo yozgi transfer oynasida sotilishi mumkin.

Urugvaylik futbolchi yanvar oyida "ko'k-anorranglilar" bilan 2031 yilgacha mo'ljallangan yangi uzoq muddatli shartnoma imzoladi, ammo bu futbolchi jamoada uzoq vaqt qoladi degani emas. 

Jurnalist Ashraf Ben Ayadga ko'ra, "Barselona" Arauxoni sotishga ochiq. Kataloniya giganti rahbariyati moliyaviy nuqtai nazardan foydali deb hisoblagan takliflarni ko'rib chiqadi.

Ronald Arauxo o'tgan mavsum Xans-Diter Flik jamoasida 25 o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli pas uzatdi. Transfermarkt portalida 25 yoshli futbolchining taxminiy bahosi 35 million evro deb ko'rsatilgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar