CAFA U20 Championship 2025. U-18 terma jamoamiz hech bir uchrashuvda g'alaba qozonmay musobaqani yakunladi

  • Mr.NoBoDy 17.06.2025 07:56
  • 54
  • 30

Tojikistonda “CAFA U20 Championship 2025” musobaqasi bo'lib o'tdi.

Unda Askar Xalmuratov boshqaruvidagi O'zbekiston U-18 terma jamoasi ishtirok etdi. O'smirlarimiz kecha musobaqaning uchinchi o'rini uchun kechgan bahsda mezbonlarga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa omad mezbonlarga kulib boqdi.

Shu tariqa, O'zbekiston U-18 terma jamoasi turnirni 4-o'rin bilan yakunlashdi.

Eslatib o'tamiz, o'smirlarmiz ushbu musobaqa davomida Turkmaniston bilan 1:1 o'ynashdi. Eron bilan bahsda esa hisob ochilmadi.

“CAFA U20 Championship 2025”

O'zbekiston 1:1 Tojikiston

(Penaltilar seriyasi — 2:4)

O'zbekiston U-18 terma jamoasi tarkibi:

1. Bogdan Odinaev, 2. Saddam Ahadov, 5. Raul Djeparov, 6. Diyor Ermanov (s), 7. Quvonchbek Abraev, 11. Davron To'laganov, 15. Samandar Iskandarov, 16. Sirojiddin Jumadillaev, 17. Feruzbek Olimov, 19. Muhammadali Dilshodbekov, 20. Alisher Shukurov

Zaxira: Qodirjonov, Habibullaev, Mavlonov, Yusupxonov, Jumaboev, Eshmamatov.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar