Ferdinand Fernandeshning "Al Hilol"ga rad javobi haqida: "Bu uning sadoqatidan dalolat beradi"

  • Mr.NoBoDy 17.06.2025 01:48
  • 93
  • 30

Rio Ferdinand Brunu Fernandeshning "Al Hilol"ga rad javobi berganiga munosabat bildirdi.

"Bu faqat bir narsadan – sadoqatdan dalolat beradi. Men bu so'z ko'p ishlatilishini bilaman, lekin biz klublar va o'yinchilar tomonidan uning amalda ko'rsatilishini kamdan-kam ko'ramiz.

Bu biznes ekanligini tushunaman. Menimcha, u shunday o'ylagan: "Mening "Yunayted"da tugatilmagan ishlarim bor. Ha, bu erda menga yaxshi maosh to'lashadi. Muxlislar meni sevishadi". Men uni yanada ko'proq hurmat qilishni boshladim.

Agar u ketganida, men buni yuz foiz tushunardim. Lekin uning qolib, "bu erda yana ko'p ishlarim bor" degani uning shaxsiyatini ko'rsatadi va murabbiylarning unga bog'ichini ishonch bilan berishlariga yana bir sababdir.

Uning o'rnida bo'lsam, "yo'q" deyishga qiynalardim, deb o'ylayman. To'g'risini aytish kerak", – dedi "Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar