Neymarning otasi: "O'g'limni har kuni karnavalda deb o'ylashni bas qiling"

  • Mr.NoBoDy 17.06.2025 16:32
  • 69
  • 30

Braziliyaning "Santos" jamoasi hujumchisi Neymarning otasi futbolchining turmush tarzi haqidagi gap-so'zlarga munosabat bildirdi.

"U har kuni kechqurun karnavalga boradi, degan fikrdan voz kechish kerak. U maydonda professional. Stadiondan tashqaridagi barcha narsa uning shaxsiy hayoti hisoblanadi. U tatil yoki dam olish kunlarida ziyofatlarga boradi. U qizlar bilan uchrashgani uchun jarohatlanmagan. Nahotki, u poker o'ynagani uchun xochsimon bog'lamini uzib olgan deb o'ylasangiz? Bugun uning ahvoli yaxshi, ruhi tetiklashdi, jismoniy kuchi tiklandi. Hozircha unga tezlik etishmayapti, lekin asta-sekin suratni oshirish rejalashtirilgan".

Avvalroq "Santos" Neymar bilan shartnomani 2026 yilning qishigacha uzaytirishga tayyor ekanligi haqida malumotlar paydo bo'lgan edi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar