“To'pchilar“ning asosiy maqsadi “Sporting“ hujumchisi Viktor Gyokeresh hisoblanadi. Biroq Portugaliya jamoasining futbolchi uchun so'rayotgan mablag'i “Arsenal“ga maqul kelmagan. Shu sababli London jamoasi yana boshqa bir futbolchilarni ko'rib chiqmoqda. “Arsenal“ “Aston Villa“ hujumchisi Olli Uotkinsni sotib olishi mumkin. Hujumchi uchun Arteta jamoasi 70 million funtga yaqin pul ajratishga tayyor.
O'tgan mavsum Olli Uotkins 54 ta uchrashuvda ishtirok etdi. Uning hisobida 17 ta gol va 14 ta golli uzatma bor.