Klub matbuot xizmatining malum qilishicha, jarohat u qadar jiddiy emas.
"85-daqiqada jamoamiz azosi Muhammad-Ali Abdurahmonov chap boldir oldi o'rta uchlik yuzasi yirtilgan jarohat, tubida suyak ko'rinishi tashxisi bilan tez tibbiy yordam mashinasida birinchi yordam ko'rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketildi.
Shifokorlarning hulosasiga ko'ra, hujumchimiz jiddiy jarohat olmagan. Biroq uning tezda maydonga qaytishi yanada jiddiyroq jarohatga olib kelishi mumkin. Shu sababli Abdurahmonov tiklanish jarayonidan o'tishi lozim. "Surxon" tibbiy departamenti rahbari Baxtiyor Mirsagatovning baholashicha, Abdurahmonov 2 haftada safga qaytadi", – deyiladi xabarda.
Eslatib o'tamiz, "Surxon" 15 iyun kuni Termizda "Neftchi"ni mehmon qilib, durang o'ynagan edi (0:0).