"Napoli" Lukkani Lukakuga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda

  • Mr.NoBoDy 17.06.2025 14:32
  • 84
  • 30

Italiyaning yangi chempioni o'zining hujumchisiga o'rinbosar qidirmoqda.

"Napoli" "Udineze" hujumchisi Lorenco Lukkani safiga qo'shib olishga yaqin turibdi, deya xabar berdi "La Gazzetta dello Sport".

Nashrning yozishicha, forvardni shaxsan jamoa bosh murabbiyi Antonio Konte so'ragan. Ushbu haftada klublar o'rtasida yakuniy transfer summasini aniqlash uchun hal qiluvchi muzokaralar o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Qayd etilishicha, kelishuv bonuslarni hisobga olgan holda 30 million evro atrofida bo'lishi mumkin.

Lukka A Seriyaning o'tgan mavsumida 33 o'yinda 12 ta gol urib, "Udineze"ning eng yaxshi to'purari bo'ldi. "Napoli" uni Romelu Lukaku o'rniga ideal nomzod sifatida ko'rmoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar