✅ "Bunyodkor" – "Paxtakor"
Hakam "Paxtakor" darvozasi tomon penalti belgilab to'g'ri qildi. Himoyachining qo'li tirsagida egilib, yuqoriga ko'tarilgan. Ha, u tanadan biroz uzoqda, lekin u hali ham g'ayritabiiy holatda va tananing maydonini oshirmoqda. Himoyachi qo'lini shu holatda ushlab, tavakkal qilgan.
❌ "Qizilqum" – "So'g'diyona"
Bu erda hakam "Qizilqum" futbolchisiga kechiktirilgan sariq kartochkani berishi yoki hech bo'lmaganda qattiq tanbeh berishi kerak edi. Biroq hakam dastlab qo'llari bilan "afzallik principi" (o'yinni davom ettirishga imkon beruvchi belgi)ni ko'rsatmaganiga qaraganda, u uzatma paytida boshqa o'yinchiga qarab turgan bo'lgan. Epizodni o'ta qo'pol deb aytolmayman, lekin be rda kechikkan sariq kartochka eng yaxshi qaror bo'lardi. Brigadadan kimdir (birinchi assistent yoki zaxira hakami) bu erda bosh hakamga ishora qilganida ham ajoyib bo'lardi.
❌✅ "Qizilqum" – "So'g'diyona"
Bu erda etiborga olinadigan birinchi narsa – hakamning o'ta inert xatti-harakati. U ikki o'yinchining to'qnashuv joyiga juda sekin, uzoq vaqt va juda kechikib yaqinlashdi. Odatda, birinchi to'qnashuvdan keyin hushtakning yo'qligi yoki uzoq o'ylash, bu erda sodir bo'lganidek, jiddiy to'qnashuvga olib keladi.
"So'g'diyona" futbolchisining keyinchalik chetlatilishi bilan bog'liq epizodga kelsak, bu erda hammasi to'g'ri. VAR ham epizodga aralashgani adolatdan bo'lgan. Yuqori "kontakt" nuqtasi, butsaning tag qismi boldir-to'piq bo'g'imidan yuqorida, atayin qilingan qo'pol harakat va haddan tashqari shafqatsizlik mavjud. Bularning barchasi chetlatish uchun omillardir.
✅ "Nasaf" – "Navbahor"
Zashhitnik «Navbaxora» bez popytki sygrat v myach navalivaetsya na napadayushhego «Nasafa», tolkaya tem samym ego v spinu i ne davaya emu vyprygnut, vstupit v borbu za myach. Esli by ne etot kontakt, to forvard vpolne mog poborotsya za myach i vyigrat etu borbu. V celom reshenie arbitra postavit v dannom epizode penalti mojno podderjat.
"Navbahor" himoyachisi to'pga o'ynashga urinmay, "Nasaf" hujumchisini turtib, unga to'p uchun sakrashga imkon bermayapti. Agar bu harakat bo'lmaganida, forvard to'p uchun kurashib, bu kurashda g'alaba qozonishi mumkin edi. Umuman olganda, hakamning ushbu epizodda penalti belgilash haqidagi qarorini qo'llab-quvvatlasa bo'ladi.