O'zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodovning narxi oshdi

  • Mr.NoBoDy 17.06.2025 16:00
  • 48
  • 30

Transfermarkt portalida Italiya A Seriyasidagi narxlar yangilandi.

Yangilanish natijasida "Roma" va O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodovning narxi 1 mln evroga qimmatladi. Endi u 5 million evroga baholanmoqda.

Shomurodov o'tgan mavsum "Roma" safida 37 o'yin (15 tasi asosiyda) o'tkazib, 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Bundan tashqari, Eldor ikki marta "Roma"da oyning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi – fevral va aprel oylarida.

Transfermarkt'ning rus bo'limi rahbari Georgiy Lekarev:

"Bozor bahosining oshishiga "Roma" Shomurodovga yana ishona boshlagani sabab bo'ldi. U o'z imkoniyatlaridan muvaffaqiyatli foydalandi. Eldor yaxshi formaga kirib oldi va raqobatga chidamli futbolchiga aylandi. Shomurodovning yoshi bozor qiymati yanada oshishiga yo'l qo'ymaydi. Vaholanki, A Seriyada u o'z yosh toifasida (29-32 yosh) hujumchilar orasida ikkinchi yoki uchinchi o'rinda turadi. Faqat Romelu Lukaku Shomurodovdan qimmatroq, Jovanni Simeone esa shunga o'xshash narxga ega".

Ўхшаш янгиликлар