Ramos: "Besh yildan keyin Mbappe 4-5 ta "Oltin to'p"ga ega bo'ladi"

  • Mr.NoBoDy 17.06.2025 19:48
  • 69
  • 30

"Real" sobiq sardori Serxio Ramosning fikricha, Kilian Mbappe yaqin yillarda katta muvaffaqiyatlarga erishadi.

Franciyalik hujumchi "qaymoqranglilar" libosida debyut mavsumini ajoyib o'tkazib, 56 uchrashuvda 43 ta gol urdi, ammo jamoa asosiy sovrinlarsiz qoldi. Ramosning fikricha, forvard "Real"da muvaffaqiyatga erishishi shubhasiz.

"Besh yildan so'ng Mbappeni xotirjamlikda ko'ramiz, chunki bu vaqtga kelib u to'rt-beshta "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan bo'ladi. U juda katta istedod egasi", – dedi Meksikaning "Monterrey" jamoasida o'ynayotgan Ramos.

Kilian Mbappe 2024 yilning yozida erkin agent sifatida PSJdan "Real"ga o'tgan edi.

Ўхшаш янгиликлар