Ronaldu Trampga dastxati tushirilgan libosini hadya qildi

  • Mr.NoBoDy 17.06.2025 18:24
  • 54
  • 30

"Oltin to'p"ning 5 karra sohibi Krishtianu Ronaldu AQSH prezidenti Donald Trampga imzosi qo'yilgan futbolkani yubordi.

Esdalik sovg'asini Trampga Evropa kengashi prezidenti Antoniu Koshta topshirdi.

"Prezident Tramp Krishtianu Ronalduning imzosi qo'yilgan futbolkani qabul qilib oldi", – deb yozdi AQSH prezidentining maxsus yordamchisi va aloqalar bo'yicha maslahatchisi Margo Martin.

Futbolchi dastxatdan tashqari, futbolkaga: "Tinchlik tarafdori bo'lgan prezident Donald Jon Trampga" deb yozgan.

Ўхшаш янгиликлар