Tuttosport xabariga ko'ra, yangi kelishuv Italiya jamoasiga 408 million evro olib keladi. Klub bu summani butun shartnoma muddati davomida oladi.
Manbaga ko'ra, “Keksa sinora“ 2028 yilgacha har mavsum uchun nemis kompaniyasidan 46,1 million evro olishda davom etadi. O'z navbatida, 2028 yildan boshlab bu miqdor 40,8 million evroga kamayadi.
“Yuventus“ futbol klubi “Adidas“ bilan 2015 yildan beri hamkorlik qilib keladi.