"Manchester Yunayted" o'z futbolchisi uchun "Napoli"dan 25 mln. evro so'ramoqda

  • Mr.NoBoDy 18.06.2025 12:56
  • 78
  • 30

Jeydon Sancho "Manchester Yunayted"dan "Napoli"ga o'tishi mumkin.

Sky Sport malumotlariga ko'ra, 2024/25 mavsumda "Chelsi"da o'ynagan 25 yoshli ingliz futbolchisi Italiyaga ko'chib o'tishga rozilik bergan.

Biroq MYU Jeydon uchun 25 million evro so'ramoqda, uning shartnomasi 2026 yil yozida tugaydi. Italiya klubi bu narxni yuqori deb hisoblaydi.

Bundan tashqari, "Napoli" "Bolonya"ning ikki o'yinchisi – vinger Dan Ndoye va himoyachi Sam Bekema bilan shartnoma imzolash ustida ishlamoqda.

Italiya chempionlari uchun hujumchi poziciyasida ustuvor variant "Udineze"dan Lorenco Lukka bo'lib, uning transferi ustida ishlar davom etyapti.

Ўхшаш янгиликлар