Abdurauf Bo'riev Shotlandiya klubiga o'tishi mumkin edi, biroq...

  • Mr.NoBoDy 18.06.2025 11:40
  • 72
  • 30

O'zbekiston milliy terma jamoasi va "Paxtakor" klubi yarim himoyachisi Abdurauf Bo'riev legionerga aylanishi mumkin edi.

Shotlandiyaning "Livingston" klubi Bo'rievga qiziqib qolgan va uni o'z safida ko'rmoqchi edi. Biroq futbolchi ishchi vizasini olishda muammoga duch keldi. Bu haqda Narzulla Saydullaev xabar berdi. Gap shundaki, Shotlandiya oliy ligasida o'ynash uchun futbolchi o'z milliy terma jamoasi safida kamida 2 ta to'liq o'yin o'tkazishi kerak.

Bo'riev hozirga qadar O'zbekiston MTJ safida 3 ta bahsda zaxiradan maydonga tushdi xolos.

"Livingston" klubi 1943 yilda tashkil topgan va  uy o'yinlarini 9713 tomoshabinga mo'ljallangan "Almondveyl" stadionida o'tkazib keldi. Ayni paytda jamoani shotlandiyalik Devid Martindeyl boshqarmoqda.

Klub o'tgan mavsum Shotlandiya ikkinchi divizionida ishtirok etdi va pley-off orqali oliy divizionga chiqdi.

Ўхшаш янгиликлар