Indzagi - Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tish haqida: "Bu komfort zonasidan chiqishdir"

  • Mr.NoBoDy 18.06.2025 17:22
  • 51
  • 30

"Inter"ning sobiq ustozi Simone Indzagi Yaqin Sharqdagi murabbiylik faoliyatining yangi bosqichini boshlagan "Al-Hilol"ga kutilmaganda tayinlangani haqida gapirdi.

- Men bu qadamni ongli ravishda qo‘ydim - "Inter"dagi bir necha yillik sermazmun faoliyatdan so‘ng chaqiruvni qabul qildim va komfort zonadan chiqdim. Men boshqarishni istagan boshqa jamoa yo‘q edi. Menga fikrlash tarzimni o‘zgartirish, uslubimni qayta ko‘rib chiqish va yangi narsalarni sinab ko‘rish muhim," - dedi Indzagi Fcinternews.it nashriga bergan intervyusida.

49 yoshli italiyalik uchun bu Yevropadan tashqarida ishlashning ilk tajribasi. "Inter"da u to‘rt mavsum o‘tkazdi, A Seriya, Kubok va ikkita Italiya Superkubogini qo‘lga kiritdi va ikki marta Chempionlar Ligasi finalida o‘ynadi.

Ўхшаш янгиликлар