Four Four Two sahifalari chap qanot himoyachilari orasida sayyoramizning eng yaxshi futbolchilari reytingini e’lon qildi. Reytingning birinchi pog‘onasidan Nunu Mendesh joy oldi. Ushbu futbolchi 2024/2025 yilgi mavsumda "PSJ" bilan to‘rtta sovrinni qo‘lga kiritdi, shu jumladan Chempionlar Ligasida ham. Keyinchalik, iyun oyida Mendesh Portugaliya terma jamoasi bilan Millatlar ligasi g‘olibi bo‘ldi. Ispaniyaga qarshi finalda Nunu gol urdi va o‘z qanotida iste’dodli Lamin Yamalni "eb qo‘ydi".
Eng yaxshi chap qanot himoyachilari reytingining ikkinchi pog‘onasidan "Manchester Siti" vakili Yoshko Gvardiol joy oldi. Top-3 likni "Bornmut"dan "Liverpul"ga o‘tishga yaqin turgan Milosh Kerkez yakunlab berdi.
O‘nlikda Federiko Dimarko, Alexandro Grimaldo, Alfonso Devis, Alexandro Balde, Teo Ernandes, Ferlan Mendi va Entoni Robinson ham bor.