"Manchester Siti"ga yangi sardor tayinlandi

  • Mr.NoBoDy 18.06.2025 15:00
  • 63
  • 30

Bernardu Silva "Manchester Siti"ning yangi sardori bo'ldi.

Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Pep Gvardiola malum qildi.

"Faoliyatimda ilk bor sardorni o'zim tanladim. O'tgan mavsumda yuz bergan voqealar (Kayl Uoker sardor bo'lgan paytda "Milan"ga o'tgan) menga yoqmadi va bu mavsumda jamoa nomidan qaror qabul qildim. Bazan boss bo'lishni xohlayman. Men to'rtta sardorni tanladim va klublar jahon chempionati yakunida yana bir yoki ikkita sardorni tanlayman.

[Erling Xoland] yosh, lekin u sardor bo'lish nima ekanini tushuna boshlashi kerak, umid qilamanki, u bu erda yana ko'p yillar qoladi va shu sababdan erta yoki kech u bu vazifa uchun birinchi nomzod bo'ladi.

Sizda Bernardu, Ruben [Diash], Rodri va Ilkay [Gyundogan] kabi ajoyib etakchilar bor. Jamoa sardorlari doimo jamoani, sheriklarini, klubni birinchi o'ringa qo'yishi va doim jamoa uchun nima yaxshi ekanini so'rashi kerak. Ular jamoa uchun eng yaxshisini aniqlaganda, xato qilmasliklari lozim.

Menimcha, Bernardu ko'p yillar davomida biz uchun futbolchi bo'ldi. Har doim qiyin paytlarda u o'zini ko'rsatishi kerakligini tushungan", – dedi Gvardiola.

Ўхшаш янгиликлар