Janubiy Koreyaning "Ulsan" klubi Janubiy Afrika Respublikasining "Mamelodi Sandaunz" jamoasiga guruh bosqichi 1-turida 0:1 hisobida yutqazdi. Orlandodagi "Inter&Co Stadium"da o'yin boshi tornado yaqinligi sababli 65 daqiqa keyinga surildi, o'yinchilar kiyim almashtirish xonasiga kirib ketishdi, tomoshabinlar evakuaciya qilindi.
25500 tomoshabin sig'adigan arenaga 3412 kishi tashrif buyurdi. Bu turnirdagi eng past ko'rsatkich. Sietldagi "Lyumen Fild"da bo'lgan "River Pleyt" – "Urava Red Daymonds" (3:1) o'yiniga 11974 tomoshabin tashrif buyurgan.
Takidlash kerakki, "Ulsan" va "Mamelodi" o'yini – FIFA veb-saytida tomoshabinlar soni ko'rsatilmagan yagona o'yin.