FIFA klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining yangi formatiga bo‘lgan qiziqish kutilganidan ham ortib ketganini rasman e’lon qildi: 17 iyun holatiga ko‘ra, 1,5 millionga yaqin chipta sotilgan.
Turnir endigina boshlandi, ammo u allaqachon anshlaglar, yorqin shoular va misli ko‘rilmagan tomoshabinlar qiziqishi bilan keng ko‘lamli futbol tadbiriga aylanib ulgurdi, deyiladi tashkilot xabarida.
- Klublar o‘rtasidagi yangi jahon chempionatining yorqin start olishi butun dunyoda klublar futboliga bo‘lgan muhabbatning yaqqol isboti bo‘ldi. Turnirning dastlabki uch kunlik o‘yinlariga 340 mingdan ortiq muxlis tashrif buyurib, tribunalarda aqldan ozgan muhitni ta’minladi", - deya qayd etadi FIFA.