“Real“ etakchisi bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha kelishuvga erishdi

  • Mr.NoBoDy 19.06.2025 10:48
  • 36
  • 30

“Real Madrid“ Tibo Kurtua bilan yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi.

Yangi kelishuv 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. 33 yoshli darvozabon bilan klublar o'rtasidagi JCHdan so'ng yangi shartnoma tuziladi.

Kurtua 2018 yildan beri “qirollik klubi“ safida o'ynab kelmoqda. U shu vaqt orasida 283 ta uchrashuvda maydonga tushib, 111 ta bahsda o'z darvozasining daxlsizligini saqlab qolgan.

Ўхшаш янгиликлар