Ilyos Zeytullaev: "Bu ketishda italiyaliklar bizga emas, o'zbek futbolchilari Evropaga borishadi"

  • Mr.NoBoDy 19.06.2025 04:32
  • 48
  • 30

O'zbekiston Kubogi 1/8 finalidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" va "Bunyodkor" o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ilyos Zeytullaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

“Juda chiroyli va yaxshi o'yin bo'ldi. Muxlislarga ular yaratgan atmosfera uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Yana ikki jamoa o'yinchilariga rahmat, chunki tomoshabop, juda jangovar futbol bo'ldi. Yigitlar bugun ham juda ahil, jips jamoa ekanliklarini isbotlashdi. Jismoniy holatlari, qiyinchiliklar, issiq ob-havoga qaramay, mana shu to'siqlarni engib o'tishdi. Shuningdek, ”Qo'qon-1912”ni ham tabriklamoqchi edim, chunki juda yaxshi va kurashuvchan jamoa, juda yaxshi tashkil etilgan, chempionatda bizga muammo tug'dirgan, bugun ham bizni yutishi mumkin edi, lekin bu o'yinda g'alaba qozondik” – deya fikr bildirdi Ilyos Zeytullaev.

- "Qo'qon-1912" chempionat doirasida jamoangizni mag'lub etgan edi. O'sha uchrashuvdan so'ng qanday xulosalar chiqargan edingiz?

- "Qo'qon" bilan o'z uyimizda mag'lub bo'lganimizda, bu biz uchun biroz kutilmagan edi, chunki biz so'nggi soniyada yutqazib qo'ydik, ammo yigitlar tiklana olishdi. “Qo'qon” juda yaxshi himoyalanmoqda, lekin shu bilan birga ham futbol o'ynamoqda. Juda vertikal va samarali futbol. Shuning uchun biz qaerdadir buni bilardik va bu o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik, ammo o'yin teng bo'ldi. Shuning uchun biz  ruhiy fazilatlar evaziga g'alaba qozondik, deb o'ylayman.

- Darvozabon bugun ikkita penaltini qaytardi. Uning g'alabaga qo'shgan hissasi haqida fikr bildirib o'tsangiz...

- Ha, uning mehnatini payqaganingizdan xursandman, chunki bu yil bizda juda kuchli ikkita darvozabon bor va ular o'rtasida juda kuchli raqobat bor. Abdumavlon, men uni birinchi kundanoq payqadim, u juda professional futbolchi, juda kuchli psixolog va u Hamidga ham juda katta yordam bermoqda. Abdunabiev hali yosh va biroz o'ziga kelib olishi kerak. U “Qo'qon”ga qarshi uchrashuvda yo'l qo'ygan xatosi haqida ko'p o'ylab yubordi.

- Etakchi futbolchilar Hamrobekov va Abduholiqov Qo'qonga kelishmadi. Bunga sabab nima?

- Temurxo'ja “Paxtakor”ga qarshi uchrashuvda kichik jarohat olgandi. Biz do'xtirlar bilan maslahatlashgan holda unga dam berishga qaror qildik. Hamrobekov esa O'zbekiston terma jamoasi bilan birga edi. Biz murabbiylar shtabi bilan birga har bir futbolchining sog'lig'iga juda etiborlimiz. Bugun biz Odilsiz ham o'ynay olishimizga ishongan edim.

- Siz uzoq yillar davomida Italiyada o'ynagansiz. Hozirgi kunda italiyalik yosh futbolchilarni O'zbekistonga jalb etish imkoniyatga haqida qanday fikrdasiz?

- Hozirgi kunda o'zbek futboli o'sib bormoqda. Shunday tempda davom etsak, Evropaning kuchli chempionatlaridagi futbolchilarimiz soni ancha ko'payib qoladi. Bu ketishda, italiyaliklar bizga emas, o'zbek futbolchilari Evropaga borishadi. Terma jamoamiz bir necha kun oldin bizni qanchalik xursand qilganini ko'rdingiz. Evropadan kimdir bizga kelsa yaxshi, ammo bizning futbolchilar chet elga ketishsa men ko'proq xursand bo'laman.

- “Bunyodkor” guruh bosqichida ham asosan yosh futbolchilardan foydalandi. Hozir jamoangiz chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Kubokdagi keyingi uchrashuvlarda ham yosh futbolchilardan foydalanasizmi yoki optimal tarkib qaytadimi?

- Bu savolga hozir aniq javob bera olmayman. Hozir biroz dam olishimiz kerak. Jamoada har bir futbolchi o'zining muhim ekanligini his qilishi kerak. Tarkibimizda so'nggi vaqtlarda kam o'ynayotgan futbolchilar bor. Ulardan biri Azizbek To'lqunbekov. Ollabergan ham shunday. Ular juda yosh va juda iqtidorli. Imkon qadar ularga ko'proq imkoniyat berishga harakat qilaman.

Ўхшаш янгиликлар