"Manchester Siti" va O'zbekiston terma jamoasi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov Osiyoning eng qimmat futbolchilari reytingida birinchi o'rinni egalladi. Transfermarkt malumotlariga ko'ra, 21 yoshli futbolchining transfer qiymati 35 million evroni tashkil etadi va u ayni damda Osiyoning eng qimmat futbolchisiga aylanib oldi.
Undan keyingi o'rinlarni yaponiyalik Takefusa Kubo (30 million evro, "Real Sosedad"), koreyalik koreyalik Li Kan In (25 million evro, PSJ) va yaponiyalik Zion Suzuki (20 million evro, "Parma") egallab turibdi.
Son Xyon Min, Kayshu Sano va Xi Chan Xvan kabi yulduzlar yangilangan reytingda Husanovdan pastroqda joylashgan.