iks
ads

Alonso “Real“dagi debyutidan so'ng nimalar dedi?

  • Mr.NoBoDy 19.06.2025 09:40
  • 243
  • 30

“Real Madrid“ bosh murabbiyi Xabi Alonso “Al Hilol“ga qarshi uchrashuvdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Aralash tuyg'ular. Natija yaxshi bo'lmadi. Biz ikkinchi bo'limda ancha yaxshi o'ynadik. Birinchi bo'lim menga umuman yoqmadi, lekin bu bizga nimani yaxshilash kerakligini tushunishga yordam beradi. Ikkinchi bo'limda bizda ustunlik ko'proq edi, to'pni yaxshiroq nazorat qildik, ko'proq pressing qildik, etishmayotgan yagona narsa gol bo'ldi.

Raqib ancha yaxshi futbolchilardan iborat jamoaga ega. Biz ulardan to'pni olishda ancha qiyinchilikka uchradik. Shundan so'ng qanotlardan foydalanishga intildik. Biroq bu g'alaba uchun etarli bo'lmadi“, — dedi Alonso.

Ўхшаш янгиликлар