iks
ads

Gvardiola: "Keyingi uchrashuvda 10 nafar yangi o'yinchi maydonda bo'ladi..."

  • Mr.NoBoDy 19.06.2025 15:40
  • 270
  • 30

Kecha "Manchester Siti" klubi Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatining ilk turida Marokashning "Vidad" jamoasini 2:0 hisobida mag'lub etganidan xabaringiz bor.

Ana shu bellashuvdan keyin Gvardiola fikrlarini bildirib o'tdi.

"Futbolchilar ko'p, biz ularga o'yin amaliyoti berishimiz kerak. Ular uzoq vaqtdan keyin jarohatdan qaytganda o'ynashmasa, unda hech qachon o'yin amaliyotiga ega bo'lisholmaydi. Keyingi uchrashuvda ("Al Ayn"ga qarshi) 10 nafar yangi o'yinchi maydonda bo'ladi va g'alaba uchun kurashadi..."

Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati 2-turidagi bellashuvini 23 iyun tonggida 06:00 da BAAning "Al Ayn" jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Ўхшаш янгиликлар