CSKA sobiq hujumchisi qamoqdan ozod etildi

  • Mr.NoBoDy 19.06.2025 16:24
  • 45
  • 30

CSKA va Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Jo Braziliya qamoqxonasida besh kun o'tirganidan so'ng garov evaziga ozod qilindi.

Bu haqda "O Tempo" xabar berdi.

Eslatib o'tamiz, futbolchi farzandi uchun uchinchi marta aliment to'lamagani uchun hibsga olingan.

38 yoshli braziliyalikning qamoqdan chiqishiga do'stlari yordam berishdi – ular garov pulini to'lashdi.

"Buni boshqacha hal qilish mumkin edi. Men yomon odam emasman, bosqinchi ham emasman, hech kimni o'ldirmaganman. Bu oilaviy muammo.

Men to'lashni davom ettirmoqchiman, lekin adolatli mezon doirasida. Bundan tashqari, ko'mak ajratishni davom ettirish uchun huquqlarim hurmat qilinishini taminlashga harakat qilaman", – dedi Jo.

CSKA sobiq forvardi bolalar uchun nafaqa to'lovlari uchun javobgarlikni bo'yniga oldi, ammo tayinlangan to'lovlar miqdori uning hozirgi moliyaviy ahvoliga mos kelmasligini takidladi.

Eslatib o'tamiz, Djo 2006 yildan 2008 yilgacha CSKA sharafini himoya qilgan.

Ўхшаш янгиликлар