"Barselona" braziliyalik himoyachi uchun 30 mln evro taklif etadi

  • Mr.NoBoDy 19.06.2025 20:40
  • 78
  • 30

"Barselona" "Monako"ning o'ng qanot himoyachisi Vanderson uchun taklif tayyorlamoqda.

"Ko'k-anorranglilar" ancha avval braziliyalik futbolchiga davogarlar qatoriga kirgan va endi aniq harakat qilish niyatida. 

Jurnalist Valentin Furlanning so'zlariga ko'ra, Kataloniya grandi Vanderson uchun 30 mln evrolik taklif bilan chiqishni rejalashtirmoqda.

Himoyachiga "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" ham qiziqish bildirgan, biroq hozircha hech kimdan rasmiy takliflar kelib tushmagan.

Vanderson o'tgan mavsum "Monako" safida 41 o'yinda ishtirok etib, 2 ta to'p kiritgan va 5 ta golga assistentlik qilgan. 23 yoshli futbolchi Braziliya terma jamoasi libosida 7 ta o'yinda maydonga tushgan.

Ўхшаш янгиликлар