Rasman: Futzal Olimpiya o'yinlariga kiritildi

  • Mr.NoBoDy 19.06.2025 16:40
  • 57
  • 30

O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi bergan malumotga ko'ra, 2026 yil 31 oktyabrdan 13 noyabrgacha Senegal poytaxti Dakar shahrida IV o'smirlar o'rtasidagi Yozgi Olimpiya o'yinlari bo'lib o'tadi.

Xalqaro olimpiya qo'mitasi tashkilotchilar tomonidan tavsiya etilgan sport turlarini ko'rib chiqdi va ro'yxatni tasdiqladi. Birinchi marta futzal sport turi Olimpiya o'yinlari dasturidan o'rin oldi. 

O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi Dakar-2026 Olimpiadasida suv sporti turlari, kamondan otish, engil atletika, badminton, basketbol, boks, sport raqsi, velosport, ot sporti, qilichbozlik, futzal, gimnastika, gandbol, dzyudo, eshkak eshish turlari, regbi, skeytbord, stol tennisi, taekvondo, triatlon, voleybol, sport kurashlari hamda ushu sport turlaridan qatnashishni rejalashtirgan. 

Futzal yo'nalishi bo'yicha XOQ ishtirok etish tamoyillariga muvofiq qatnashuvchi mamlakatlardan quyidagi mezonlarga rioya etishlarini so'ramoqda:

-  Ushbu yosh toifasida qita miqyosidagi yoki xalqaro turnirlarda ishtirok etgan bo'lishi;

-  FIFAning futzal bo'yicha reyting jadvalidan o'rin olgan bo'lishi;

-   Barcha sportchilarning fuqaroligi xalqaro federaciya hamda XOQ talablariga javob berishi kerak.

O'zbekiston futzal federasiyasi hamda Dilshod Rahmatov boshchiligidagi o'smirlar terma jamoasi Dakar-2026 Yozgi Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik rejasini ishlab chiqdi. Unga ko'ra o'smirlar o'quv-mashg'ulot yig'inlari o'tkazishi, shu yilning oktyabr oyida esa o'smirlar o'rtasida Bahraynda bo'lib o'tadigan Yozgi Osiyo o'yinlarida qatnashishi ko'zda tutilgan. Osiyo qitasi bo'yicha saralash musobaqasi vazifasini o'tab beruvchi Osiyo o'yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etilgan taqdirda, o'zbekistonlik o'smirlar 2026 yilgi IV o'smirlar o'rtasidagi Yozgi Olimpiya o'yinlari ishtirokchisiga aylanadi.

Ўхшаш янгиликлар