"Portu" darvozaboni Diogu Koshta klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining o‘z jamoasi va mamlakati uchun ahamiyati haqida fikr bildirdi.
Portugaliyalik futbolchi FIFA rasmiy saytiga bergan intervyusida turnirda ishtirok etish nafaqat katta mas’uliyat, balki sharaf ekanligini ta’kidladi.
- Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etish men uchun ham, "Portu" uchun ham obro‘ masalasi. Biz o‘zimizning kimligimizni ko‘rsatmoqchimiz va madaniyatimizni jahon miqyosida namoyish etmoqchimiz. Maqsad bitta - guruhdan chiqish va g‘alaba uchun kurashish uchun finalga chiqish", - dedi Koshta.
Futbolchi, shuningdek, bolaligidan "Portu" sharafini himoya qilishni orzu qilgani va o‘zi chin dildan sodiq bo‘lgan klub uchun "jonini berishga" tayyorligini ta’kidladi.