Rasman: "Surxon" rossiyalik hujumchi bilan xayrlashdi

  • Mr.NoBoDy 19.06.2025 18:24
  • 57
  • 30

Bu haqda Termiz klubi matbuot xizmati malum qildi.

"Rossiyalik futbolchi Kirill Kolesnichenko o'zaro kelishuv asosida "Surxon" klubi bilan shartnomasini bekor qildi va jamoani tark etdi. U jamoamiz safida barcha musobaqalarda jami 12 ta o'yinda maydonga tushib, "gol+pas" tizimi bo'yicha 5 ochko (2 ta gol va 3 ta golli uzatma) jamg'ardi", – deyiladi klub xabarida.

Avvalroq "Surxon" "Neftchi" bilan o'yinda jarohat olgan hujumchisi borasida malumot bergan edi.

Ўхшаш янгиликлар