"Real" Mbappe kasalxonaga yotqizilgani haqida xabar berdi

  • Mr.NoBoDy 19.06.2025 18:48
  • 75
  • 30

Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe o'tkir gastroenterit bilan shifozonaga yotqizildi.

Avvalroq  "qaymoqranglilar" bosh murabbiyi Xabi Alonso franciyalik o'yinchini jamoa azolariga kasallik yuqtirish xavfining oldini olish maqsadida mehmonxonada yakkalantirilganini malum qilgandi.

Madridning "Real" klubi AQSHda o'tkazilayotgan Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etmoqda. Chorshanba kuni madridliklar Saudiya Arabistonining "Al Hilol" jamoasi bilan durang o'ynadi (1:1) va unda Mbappe o'yinni o'tkazib yubordi.

Turnirning navbatdagi uchrashuvida "Real" 22 iyun kuni Meksikaning "Pachuka" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Ўхшаш янгиликлар