Martines MYUga o'tishga rozi

  • Mr.NoBoDy 19.06.2025 19:32
  • 60
  • 30

"Aston Villa" darvozaboni Emiliano Martines faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettirmoqchi.

Jurnalist Ben Jeykobsning so'zlariga ko'ra, argentinalik futbolchi yozda "qizil iblislar"ga o'tishni xohlamoqda. "Villanlar" yulduzni sotish imkoniyatini istisno qilmayapti, biroq 40 mln funt (deyarli 47 mln evro) so'raydi. "Manchester Yunayted" hali yakuniy qarorga kelgani yo'q – klub yangi mavsumda yana Andre Onanaga ishonishni maqul ko'rsa kerak.

Emiliano Martines 2020 yildan buyon "Aston Villa"da to'p tepmoqda. 32 yoshli darvozabon o'tgan mavsum Unai Emeri jamoasida 53 o'yin o'tkazib, 61 ta gol o'tkazib yubordi. Transfermarkt portali jahon chempionining qiymatini 20 mln evroga baholagan.

Ўхшаш янгиликлар