"Manchester Yunayted" muxlislari chiptalar narxi keskin oshganidan norozi

  • Mr.NoBoDy 19.06.2025 19:56
  • 51
  • 30

"Manchester Yunayted" muxlislari klubning narx siyosatidagi tub o'zgarishlardan norozilik bildirishdi.

Bu haqda ESPN xabar bermoqda. 

Rahbariyat birinchi marta uy uchrashuvlarini toifalarga ajratish tizimini joriy qilmoqda, buning natijasida eng ommabop uchrashuvlar uchun chiptalar narxi sezilarli darajada oshadi. Klub muxlislari uyushmasi (MUST) malumotlariga ko'ra, yangilik narxlarning o'tgan mavsumlarga nisbatan 50 foizdan ortiq oshishiga olib keladi.

"A" toifasiga "Manchester Siti", "Liverpul", "Arsenal", "Chelsi", "Tottenxem" va "Nyukasl"ga qarshi o'yinlar kiradi. Ushbu o'yinlar uchun chiptalar muxlislarga 59 funtdan 97 funtgacha tushadi. "Yunayted" bu o'zgarishlarni Premer-ligadagi boshqa top-klublar bilan birga qolish istagi, shuningdek, moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash zarurati bilan izohlamoqda. Biroq muxlislar guruhi nafaqat narxlar oshishi, balki o'zgarishlar muxlislar bilan keng muhokama qilinmasdan qabul qilinganidan ham norozi. 

Tizim 2025/26 yilgi mavsumdan boshlab kuchga kiradi va o'yinlarni uch toifaga – "A", "B" va "C"ga ajratib, chipta narxlarini shunga muvofiq darajalaydi.

Ўхшаш янгиликлар