2025 yilgi klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati guruh bosqichining «Palmeyras» va «Al-Ahli» jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 40 daqiqaga to‘xtab qoldi.
Mazkur o‘yin uragan xavfi tufayli tashkilotchilar tomonidan vaqtincha to‘xtatildi. O‘yin 62-daqiqada to‘xtatilganida hisob «Palmeyras» foydasiga 2:0 edi. To‘xtatilishdan so‘ng «Al-Ahli» bir yo‘la to‘rtta futbolchini almashtirdi.
Eslatib o‘tamiz, klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati 2025 yilning 15 iyunidan 13 iyuligacha AQSHda bo‘lib o‘tadi. Musobaqada 32 jamoa ishtirok etmoqda, ular har biri to‘rttadan iborat 8 guruhga bo‘lingan. Har bir guruhdan ikkita kuchli jamoa pley-off bosqichiga yo‘l oladi.