FIFA "Lokomotiv"ga yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishni taqiqladi, deya xabar bermoqda tashkilot matbuot xizmati.
Taqiq 18 iyun kuni joriy etilgan bo‘lib, u uchta transfer davri - 2027 yil qishigacha amal qiladi.
19 iyun, payshanba kuni Moskva klubi ikki futbolchining transferini e’lon qildi. "Temiryo‘lchilar" hujumchi Aleksandr Rudenko va yarim himoyachi Zelimxan Bakayev bilan shartnoma imzoladi.
O‘tgan mavsumda "Lokomotiv" Rossiya chempionati turnir jadvalida 53 ochko bilan oltinchi o‘rinni egalladi.