
Manbaga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" 19 yoshli shveciyalik futbolchining transferi bo'yicha dastlabki muhokamalar uchun Daniya klubi bilan allaqachon bog'langan.

Shu bilan birga, "Portu" ham poygada ortda qolmayapti – Portugaliya klubi 2 hafta oldin rasmiy taklif bilan chiqqandi.
Xochsimon bog'lamining uzilishi tufayli Barji 2024/25 yilgi mavsum bor-yo'g'i 5 o'yinda maydonga tushdi. Bir yil avval u Daniya chempionatida 23 o'yinda 7 ta gol urgandi. Transfermarkt portali yosh futbolchini 7,5 million evroga baholamoqda.