
"To'pchilar" hujumni kuchaytirmoqchi va bir necha poziciyada oldinda o'ynay oladigan Rodrigo Mikel Artetaga juda yoqmoqda.
"Real" Rodrigo uchun taxminan 75 million evro talab qiladi. "Arsenal" bunday pulni to'lashga tayyor, ammo transferga ish haqi to'siq bo'lishi mumkin.
Manbaga ko'ra, londonliklar 24 yoshli braziliyalik hujumchiga bir mavsum uchun 12 million evro to'lashga tayyor emas.
Rodrigo o'tgan mavsumda 52 o'yinda 14 gol va 11 golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.