Fevzi Davletov: "O'yin qizil kartochkaga qadar davom etdi"

  • Mr.NoBoDy 22.06.2025 23:40
  • 42
  • 30

Bugun bo'lib o'tgan Superliga 13-turidan o'rin olgan "Sho'rtan" - "Surxon" (2:1) o'yinidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Fevzi Davletov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'yin qizil kartochkaga qadar davom etdi deb o'ylayman. Tezkor gol tufayli hisobni ochdik, hammasi yaxshi ketayotgandi. Ammo o'yinchimiz maydondan chetlatilgach, hammasi o'zgarib ketdi. Biz ko'proq orqaga qaytib himoyani o'ylay boshladik. Xatolarga yo'l qo'ydik va buning natijasida birinchi taymga qo'shib berilgan daqiqalarda gol o'tkazib yubordik.

Tanaffus paytida yigitlarga kerakli ko'rsatmalarni berdik. Hujumga ko'proq borish haqida uqtirdik, chunki hadeb himoyalanish yaxshi oqibatlarga olib kelmasligini taxmin qilgandik. O'tkazib yuborilgan ikkinchi gol esa umuman ortiqcha bo'ldi. "Sho'rtan" oxirigacha xarakter ko'rsatib g'alabani ilib ketdi. Raqib jamoani g'alaba bilan tabriklayman, muxlislarimizga esa shuncha uzoq masofa bosib bizni qo'llashga kelishgani uchun minnatdorchilik bildiraman.

- Rossiyalik Kirill Kolesnichenko negadir ko'rinmay qoldi?

- U biz bilan xayrlashib boshqa jamoaga ketdi. Shu bois u haqda gapirgandan mani yo'q.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar