"Bugun tezkor gol urishni maqsad qilgandik. Hisobda oldinga chiqib olganimizdan so'ng raqib hujumga o'tishi va ochiq zonalarga ega bo'lishimizni kutgandim. Ko'plab vaziyatlar yaratdik, ammo raqib darvozaboni juda yaxshi o'yin o'tkazdi. Birinchi bo'limda havo ham issiq bo'ldi", - deya fikr bildirdi Kamollidin Tojiev bahs yakunlangach.
- "Paxtakor" jarima maydonchasi ichida juda ko'plab vaziyatlar yaratmoqda, ammo ulardan foydalanish oqsamoqda...
- Sovuqqonlik. Bundan avvalgi o'yinlarda ko'plab gollar urayotgan edik. So'nggi ikki uchrashuvda esa kamroq gol urishni boshladik. Lekin vaziyatlar yaratayotganimiz meni xursand qilmoqda.
- Vaqti kelib O'zbekistonda kuz-bahor tizimiga o'tish mumkinmi?
- Bunga tayyor bo'lish kerak. Ayniqsa maydonlarni. Bizda qish sovuq keladi. Agar sharoitlar yarata olsak, o'tsak bo'ladi. Hozirgi issiq havoda futbolchilar biroz charchab qolishmoqda.
- Muhammadali O'rinboev Belgiya klubiga o'tishi haqida xabarlar tarqaldi. Shuningdek, Muhammadali Usmonov "Andijon" jamoasiga o'tishi haqida xabarlar tarqaldi...
- O'rinboevning taklifi bor. Nasib qilsa, u ketadi. Usmonov haqida esa yangilik yo'q.
- Jamoaga yozgi transferlar oynasida kuchayadimi?
- 2-3 futbolchilarni olib kelishni reja qilganmiz. Mahalliy va legioner futbolchilar.