Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati guruh bosqichining 3-turida "Los-Anjeles" va "Flamengo" jamoalari o‘zaro durang o‘ynadi - 1:1. O‘yin "Orlando Sitrus Boul" stadionida bo‘lib o‘tdi.
Ikkinchi bo‘lim oxirida jamoalar o‘zaro gollar almashishdi - Deni Buangning goliga Braziliya jamoasi Yan Uollosning aniq zarbasi bilan javob qaytardi.
"Flamengo" ochkolarini 7 taga yetkazib, D guruhida 1-o‘rinni egalladi. "Los-Anjeles" 1 ochko bilan so‘nggi 4-o‘rinda.