- O'yin Kubokka xos tarzda kechdi. Maydonda ko'p hissiyot va jang ko'zga tashlandi. To'g'ri, bazi hollarda ikkinchi raqam bo'lib o'ynadik, muhimi g'alaba qozonib keyingi bosqichga chiqdik. Klubimiz rahbariyatini, muxlislarimizni va jamoa azolarini uzoq kutilgan g'alaba bilan tabriklayman. Buyog'iga yana oldinga qarab harakat qilamiz.
- "Neftchi"ga uchralgan mag'lubiyatdan so'ng bu o'yinga tayyorgarlik qanday kechdi?
- Orada vaqt kam edi, shu bois asosiy etiborni futbolchilarni ruhan tayyorlashga qaratdik. Biz har bir o'yinga odatdagidek hozirlik ko'ramiz. Raqibga qarab alohida tayyorgarlik qilmaymiz. Jamoamizda yoshlar ko'p va ularni bo'lajak uchrashuvlarga tayyorlab boryapmiz.
- Bugungi g'alabani "Neftchi" bilan durangga almashgan bo'larmidingiz?
- Futbolda har dom yutish yaxshi. Bu savolga faqat shunday javob berishim mumkin.