KO‘JCH. «Borussiya» va «Fluminense» pley-off bosqichiga yo‘l oldi

  • Mr.NoBoDy 26.06.2025 05:11
  • 27
  • 30

AQSHda o‘tayotgan 2025 yilgi Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida «Borussiya» Dortmund va Braziliyaning «Fluminense» jamoalari F guruhidan pley-off bosqichiga chiqishga muvaffaq bo‘lishdi.

Sinsinnatidagi «TQL Stadium»da bo‘lib o‘tgan 3-tur uchrashuvida «Borussiya» Janubiy Koreyaning «Ulsan Xyonde» jamoasi ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvning 36-daqiqasida germaniyaliklar safida yagona golni Daniel Svensson kiritdi. Unga pasni Job Bellingem uzatdi.

Shu natijadan so‘ng «Borussiya» 3 ta uchrashuvdan 7 ochko jamg‘arib, guruhda birinchi o‘rinni egalladi. U 1/8 finalda E guruhida ikkinchi o‘rinni egallaydigan jamoaga qarshi maydonga tushadi. «Ulsan Xyonde» esa musobaqadagi barcha o‘yinlarda mag‘lubiyatga uchrab, so‘nggi o‘rinni egalladi.

Shu kuni Mayamidagi «Hard Rock Stadium»da bo‘lib o‘tgan boshqa bir uchrashuvda «Fluminense» va Janubiy Afrika Respublikasining «Mamelodi Sandaunz» jamoalari 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Bu natija braziliyaliklarga 5 ochko bilan guruhda ikkinchi o‘rinni egallash imkonini berdi va ular ham 1/8 finalga yo‘l oldi. «Mamelodi Sandaunz» esa 4 ochko bilan uchinchi o‘rinda qoldi va musobaqani tark etdi.

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati — 2025, "F" guruhi, 3-tur
Borussiya Dortmund (Germaniya) — Ulsan Xyonde (Janubiy Koreya) - 1:0
Gol: ⚽ 36' — Daniel Svensson (assist: Job Bellingem)

Mamelodi Sandaunz (JAR) — Fluminense (Braziliya) - 0:0

"F" guruhidagi yakuniy holat:

1. «Borussiya» — 7 ochko
2. «Fluminense» — 5 ochko
3. «Mamelodi Sandaunz» — 4 ochko
4. «Ulsan Xyonde» — 0 ochko

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar